Uorren Baffett deyarli 90 yoşda. Milliarderning bolalarni töğri tarbiyalaş haqida şaxsiy fikri mavjud.

30 mayda San-Fransiskoda bölib ötgan «Forbes 400» sammitida xayriya masalalari muhokama qilingan. Unda sarmoyador va filantrop Uorren Baffett sözga çiqdi. U sammit mehmonlariga muhtojlarga yordam beriş qay darajada muhim ekanini gapirib bergan. Xayriya qiliş böyiça afsonaga aylangan Uorren Baffett avgust oyida 88 yoşga töladi. U hayotiga Qöşma Ştatlarning uçdan bir qism tarixi töğri kelişini aytgan. Milliarder uning uç nafar farzandi otalarining işini munosib davom ettirişlari haqida fikr yuritgan.

Foto: Reuters

Filantropning nutqidan töqson yillik hayoti davomida qölga kiritilgan qimmatli maslahat va donişmandlikni örganiş mumkin.

Bolalarga özi qiziqqan narsa bilan şuğullanişga ruxsat bering. Köpinça ota-onalar farzandlarini ularga töğri kelmaydigan kasbni tanlaşga majbur qilişadi. Baffett bundan yondaşuvdan qat'iy ogohlantiradi: «Men köpçilik öz farzandini boşqarayotganini körganman, pul yordamida bolani nimagadir majbur qilişdan yomoni yöq». Öz farzandlarimga istagan narsalari bilan şuğullanişlari mumkinligini aytganman: kollejni tamomlaş, şifokor yoki huquqşunos böliş. Ularni özlaridagi qobiliyatlarini atrofdagi olamni yaxşilaş uçun qöllaşga çaqirganman.

Milliarderning öğli Piter – musiqaçi va yozuvçi. U «Emmi» telemukofotiga sazovor bölgan. Yana bir öğli Govard esa fermerlik bilan şuğullanadi. Omaxada istiqomat qiladigan qizi Syuzi esa hayotini xayriya işlariga bağişlagan.

Vasiyatni sir tutmang. Köp ota-onalar tirikligi vaqtida vasiyati mazmunini merosxörlariga aytmaydi. Nebraskalik filantrop bunday qilmaslikni maslahat bergan va bolalarning fikrini bilmay turib, vasiyatni amalga oşirmasligini aytadi: «Ular ikki narsani hal etişlari kerak: birinçidan, ular öz majburiyatlarini tuşunişadimi, ikkinçidan esa ular vasiyat şartlarini adolatli deb hisoblaydilarmi». Oddiy qilib aytganda, ularni ölimga qadar tuşunmovçilikda qoldirişning nima keragi bor?

Bolalarni xayriya işlari bilan birgalikda şuğullanişga majbur qilmang. Bill va Melinda Geyts bilan birgalikda Uorren Baffett theGivingPledge kompaniyasiga asos soldi. U öziga töq odamlarni öz boyligining katta qismini xayriya qilişga çaqiradi. Afsonaviy investor özining deyarli 82,9 millard dollarini xayriya taşabbuslari, jumladan öz farzandlarining loyihalariga berişni va'da bergan. Ikki öğli va qizi ham özining şaxsiy xayriya fondlariga ega: Howard G. Buffett Foundation, Sherwood  Foundation, NoVo Foundation. Har uç fond uçun otalari har yili BerkshireHathaway qimmatli qoğozlari bilan xayriya qiladi. Milliarder farzandlarining fondlari alohida bölgani uçun ular örtasidagi ahillikni saqlab qolişga muvaffaq böldi: «Ularni bitta qayiqqa ötkazişning keragi yöq».