
Jahon çempionati 1-turida Yaponiya hamda Senegal terma jamoalar özlaridan kuçli bölgan jamoalarni mağlub etib qahramonlik körsatgan bölsa, ularning muxlislari ham özlarini tutiş borasida örnak körsatişdi.
Senegal muxlislari jamoasining Polşa ustidan qozongan ğalabasidan söng (2:1), stadionni tark etmay, özlaridan qolgan çiqindilarni tozalab çiqişdi.
Kolumbiyani 2:1 hisobda yutgan Yaponiya terma jamoasi muxlislari ham stadionni tark etişga şoşilmay, tribunani tozalaşdi.
Yaponiyalik muxlislar stadionga çiqindilarni tozalaş uçun maxsus paketlarni ham olib kelişgan edi.

















