Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Namanganda ikki kishi cho‘kib ketdi
19 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashagan maktab o‘quvchisi S.Ch. o‘z yashash xududida joylashgan “No‘g‘ayli” suv omborida cho‘milayotib ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketib, hayotdan ko‘z yumgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Shuningdek, 20 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan M.M. esa mahallasidan oqib o‘tuvchi “Teshiktosh” kanalida cho‘milayotib ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketgan.
«Hurmatli fuqarolar, yoz mavsumida turli cho‘milish havzalariga borganda albatta, ehtiyot choralarini ko‘ring, eng avvalo cho‘milish taqiqlangan hududlarda aslo cho‘milmang. Shuni bilingki, o‘rnatilgan mazkur taqiqlovchi belgilar bejiz qo‘yilmagan. Shuningdek, farzandlaringizni taqiqlangan joylarga va boshqa cho‘milish havzalariga nazoratsiz yubormang. Bu orqali siz yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olgan bo‘lasiz», - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
09:35 / 04.07.2026
Namanganda narkolaboratoriya fosh etildi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
20:20 / 23.06.2026