«Mançester Yunayted» «Şaxtyor»ning braziliyalik yarim himoyaçisi Fred transferini yakunladi.

Klublar uşbu braziliyalik futbolçi transferi haqida 5 iyun kuni e'lon qilişgandi, bugun «MYu» futbolçi bilan keyinroq uzaytiriş şarti nazarda tutilgan 5 yillik şartnoma imzolagan.

Klublar kelişuv şartlarini oşkor qilişmayapti, ammo OAVda «MYu» uşbu 25 yoşli xavbek uçun 60 million yevro tölaşi aytilgandi.

Fred Braziliya terma jamoasining JÇ-2018 doirasidagi birinçi öyinini jarohat tufayli ötkazib yuborgandi, ammo u Kosta-Rikaga qarşi ikkinçi öyinda maydonga tuşişi mumkin.