Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi vakili Gao Fenning ma'lum qilişiça, AQŞning Xitoy bilan muzokaralarda «tayoq uslubidan» foydalanişi heç qanday natija keltirmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Amerika tomoni tayoq uslubiga könikib qolgan, biroq u Xitoy bilan heç qanday iş bermaydi, bunday irratsional xatti-harakat bilan muammoga yeçim topiş dargumon narsadir», - deya aytib ötgan Gao Fen.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Xitoy tomoni AQŞ bilan ötkazilgan maslahatlaşuvlar yakunini konstruktiv va ijobiy, deb hisoblaydi. Biroq, uning sözlariga köra, AQŞ öz pozitsiyasiga qarşi iş qilayotgani va yana savdo uruşini avj oldirayotgani çuqur afsusga sabab bölmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy AQŞ fermerlariga ziyon yetkazişga va'da bergandi.