Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi eng kam oylik iş haqi miqdorini 3 mln bolivarga oşirdi. Minimal oziq-ovqat savatçasi xaridiga qöşimça tölovlar hisobga olinsa, u 5,2 mln bolivarni taşkil etadi, bu 1,85 dollarga teng. Bu haqda AVN milliy axborot agentligi xabar qilmoqda.
«Bugungi kundan boşlab işçilar 5 mln 196 ming bolivar miqdorida minimal daromadga ega böladi. Umumiy ösiş - 103 foizga», - deya ma'lum qildi Maduro.
Venesuela rahbari sönggi bor mamlakatdagi oylik iş haqini aprelda oşirgandi, biroq uning ösişi giperinflyatsiya tufayli xarid qiliş qobiliyatiga ta'sir körsatmadi. Mamlakatda faqatgina may oyining özida inflyatsiya yillik hisob-kitobda 24500 foizdan oşib ketdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Maduro Kolumbiyani fitnada ayblagandi.












