Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida jamoat tartibini saqlaşni, huquqbuzarliklar profilaktikasini va jinoyatçilikka qarşi kuraşişni samarali taşkil etişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Jizzax şahar içki işlar bölimi negizida şaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar hududi doirasida kuçlar va vositalarni maqsadli joylaştirgan holda Jizzax şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Jizzax şahar içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasining taşkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Muvofiqlaştiriş boşqarmasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
içki işlar organlari bölinmalari faoliyatini tahlil qiliş, rejalaştiriş va taşkil etiş, mavjud kuç va vositalarni real yuzaga kelayotgan operativ va kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda şahar hududining sektorlarga bölinişiga muvofiq doirada taqsimlaş;
şaxsiy tarkibni, birinçi navbatda, barça tarmoq xizmatlari va şahar içki işlar organlari bölinmalarining rahbarlarini joylarda aholi bilan bevosita işlaşga jalb etiş;
xalq bilan manzilli muloqotni taşkil etiş, fuqarolarning muhim muammolarini hal etişga har tomonlama kömaklaşiş, sektorlarga biriktirilgan davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan yaqin hamkorlik qiliş;
jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari öz vaqtida va sifatli körib çiqilişini, jamoat tartibining samarali saqlanişini, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini va ularning oldini olişni, sodir etilayotgan jinoyatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilişini ta'minlaş.
Jizzax şahar içki işlar şahar bölinmalari Muvofiqlaştiriş boşqarmasi içki işlar bölimlariga aylantirilsin, ularning rahbarlari zimmasiga bevosita sektorlar hududlarida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning natijadorligi uçun şaxsiy mas'uliyat yuklandi.
Belgilanişiça, içki işlar bölimlari rahbarlari quyidagi huquqlarga ega:
biriktirilgan hudud doirasida içki işlar organlariga yuklangan vazifalarni bajariş böyiça mustaqil qaror qabul qiliş;
şaxsiy tarkibni tarbiyalaş va uning işi samaradorligini oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş;












