Qaşqadaryo viloyati Nuriston qörğonida qöl jangi böyiça Yevropaning mutlaq çempioni hamda Özbekiston çempioni iştirokida yoşlar bilan uçraşuv bölib ötdi. Muddatli harbiy xizmatçi oddiy askar Olimjon Normurodov 2018 yilning 22-28 may kuni Belorus respublikasining Minsk şahrida ötkazilgan qöl jangi musobaqasi böyiça 65 kilogramm vaznda mutlaq Yevropa çempionligini qölga kiritgan.

Xuddi şu sport turi böyiça 70 kilogramm vaznda oddiy askar Samariddin Şomamatov Özbekiston çempioni, sport ustasi hisoblanadi.

«Vatanparvarlik – eng oliy fazilat» mavzusida ötkazilgan tadbirda şuningdek, Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, yozuvçi Yusuf Siddiqov, Nişon tumani Yoşlar ittifoqi kengaşi mutaxassisi Nurislom Aliyev ham iştirok etdi.