Facebook ijtimoiy tarmoği guruh administratorlariga kontentga tölov kiritiş imkonini beruvçi yangi funksiyani sinovdan ötkazmoqda. Hozirça foydalanuvçilardan pul yiğiş imkoni bir neça guruhdagina yölga qöyilgan, lekin kelgusida bu tajriba doirasi kengaytirilişi mumkin, deyiladi ijtimoiy tarmoq ma'muriyati blogi xabarida.
Guruhlar uçun mahsulotlar böyiça direktor Aleks Divning sözlariga köra, ayni damda pul vositalarini jalb qiliş uçun hamjamiyatlarning ba'zi administratorlari taşqi jihozlar yordamida kirişga pul yiğib, oçiq guruhlar bilan parallel ravişda yopiq guruhlarni ham yuritişga majburlar. Endi Facebook ma'muriyati obuna monetizatsiyasi usullarini ijtimoiy tarmoqning öziga integratsiya qilişga qaror qildi.
The Business Insider'da yozilişiça, hozir obuna bahosi - 30 dollar atrofida. Masalan, Declutter My Home hamjamiyatida tölovli obuna kiritilgan, guruh mualliflari uyni ozoda saqlaş usullari va turli maişiy yeçimlar haqida söz yurtişadi. Kontentga kiriş bahosi oyiga 14,99 dollarni taşkil qiladi. Oyiga 9,99 dollar tölanuvçi Recipes & Meal Planning guruhi obunaçilar uçun taomlar retsepti, ularni tayyorlaş va dökondagi xaridlarga doir tavsiyalar berib boriladi. Bugunga kelib eng qimmat hamjamiyat kollejlarga kirişga doir Grown and Flown Parents guruhidir.
Facebook'ning özi guruh administratorlaridan uluş undirmaydi, barça daromadlarni kontent mualliflariga qoldiradi. Foydalanuvçilardan maxsus ilova yordamida pul yiğiş mumkin.












