Instagram özining Instagram Plus obuna xizmatini sinovdan ötkazişni boşladi.
Ma’lumotlarga köra, sinov jarayoni Meksika, Yaponiya va Filippinda ötkazilayotgan bölişi mumkin. Narxlar hududlarga qarab farq qiladi: Meksikada – 39 peso (2,17 dollar), Yaponiyada – 319 iyena (2 dollar), Filippinda – 65 peso (1,07 dollar).
Premium funksiyadagi yangiliklardan biri «hikoyalar»ni post muallifiga bildirmasdan tomoşa qiliş imkoniyatidir. Bu foydalanuvçilar uçun maxfiylikni oşirişga xizmat qiladi. Bundan taşqari, obunaçilar öz «hikoyalari» neça marta qayta körilganini kuzatişi mumkin. Bu esa kontent samaradorligini tahlil qilişda muhim vosita sifatida körilyapti.
Bundan taşqari, foydalanuvçilar «yaqin döstlar» röyxatidan taşqari, hikoyalar uçun çeksiz miqdorda auditoriya röyxatlarini yaratişlari ham mumkin.
Şu bilan birga, obunaçilar öz «hikoyalari»ni yana 24 soatga uzaytirişlari va haftasiga bir martagaça «hikoyani ajratib körsatiş» funksiyasini tanlaşi mumkin. Bu esa auditoriya qamrovini oşirişga yordam beradi.













