19 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida yaşagan maktab öquvçisi S.Ç. öz yaşaş xududida joylaşgan “Nöğayli” suv omborida çömilayotib ehtiyotsizligi oqibatida çökib ketib, hayotdan köz yumgan. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar berdi.

Şuningdek, 20 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yaşagan M.M. esa mahallasidan oqib ötuvçi “Teşiktoş” kanalida çömilayotib ehtiyotsizligi oqibatida çökib ketgan.

«Hurmatli fuqarolar, yoz mavsumida turli çömiliş havzalariga borganda albatta, ehtiyot çoralarini köring, eng avvalo çömiliş taqiqlangan hududlarda aslo çömilmang. Şuni bilingki, örnatilgan mazkur taqiqlovçi belgilar bejiz qöyilmagan. Şuningdek, farzandlaringizni taqiqlangan joylarga va boşqa çömiliş havzalariga nazoratsiz yubormang. Bu orqali siz yuz berişi mumkin bölgan xavf-xatarlarni oldini olgan bölasiz», - deyiladi IIV xabarida.