Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 21 iyun kuni tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş holati, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va özlaştiriş natijalari tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda prezident Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimovdan hisobot qabul qilgan. Suhbat davomida prezident viloyat hokimidan paxta klasterlari böyiça fikrini söragan.
Şavkat Mirziyoyev: - Viloyatda qança paxta klasteriga talab bor?
Ğulomjon Ibragimov: - Hozirça bittasi işlayapti. Qolgan tumanlarning barçasida talab bor.
Ş.M: Tayyorlayapsanmi?
Ğ.I: - Ha, tayyorlanayapti.
Ş.M: - Öşa bitta klaster qanaqa işlayapti?
Ğ.I: - Yaxşi işlayapti, Şavkat Miromonoviç. Davlatniki bilan buning farqi bor.
Ş.M: - Albatta farqi böladi. Egasi bor endi, ertaga paxta terimida egasi böladi. Hozirdan terimni ötgan yilgi tajribadan kelib çiqib, joy joyiga qöyiş kerak. Bilib qöyinglar, endi maktab, kollej, şifoxona, oliygoh, heç qaysi paxta terimiga çiqmaydi.
Menga kerakmas, unaqa paxtayam, unaqa yutuqlaring ham kerakmas. Butun umr öz-özimizni şarmanda qilib keldik. Bor yöği bir milliard ikki yuz million dollar böladigan narsa uçun butun dunyoga şarmanda bölganmiz. Bolalar mehnati, majburiy mehnat. Kimga kerak edi bu? Menga umuman kerak emas, dalada qolib ketsin edi undan köra. Klaster özi terib olsin, özi sotsin.










