Toşkent viloyati Toşkent tumani ta'lim muassasalarida  yangi 2018-2019 öquv yiliga tayyorgarlik işlari yuqori darajada olib borilmoqda. Tumandagi 31ta ta'lim muassasasida va 1ta “Barkamol avlod” bolalar markazida 1300dan ziyod pedagoglar faoliyat yuritadi.  Joriy yilda uşbu ta'lim dargohlarida jami 20ta 10-sinflar oçilib, 506 nafar öquvçi qamrab olindi.Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Xalq ta'limi vazirligining körsatmalari asosida Toşkent tumanidagi har bir ta'lim maskanida “Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 öquv yiliga tayyorlaş böyiça harakatlar dasturi” işlab çiqilgan va şu dastur asosida işlar taşkil qilinmoqda. Mazkur dastur öz içiga 6 ta asosiy yönalişni qamrab olgan:

1.Öquv binolarini ta'mirlaş va maktab hududini obodonlaştiriş;

2.Sinflarni zarur jihozlar bilan ta'minlaş;

3.Öquvçilarni darsliklar,öqituvçilarni uslubiy qöllanmalar bilan ta'minlaş;

4.Öquv jarayonining pedagogik va metodik ta'minotini yölga qöyiş;

5. Öquv jarayonida AKTdan samarali foydalanişni yölga qöyiş;

6. Ta'lim sifatini yaxşilaş yuzasidan çora-tadbirlar.

Uşbu dastur ijrosi böyiça tumandagi 26-umumta'lim maktabi eng namunali maktab deb topildi va maktabda dastur mohiyatini çuqur oçib beriş maqsadida “Xalq ta'limi muassasalarini yangi 2018-2019 öquv yiliga tayyorlaş böyiça harakatlar dasturi”mavzusida seminar-trening taşkil etildi.

Seminar-treningda maktab direktorlari,maktab direktorining öquv tarbiyaviy işlar böyiça örinbosarlari, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlari, maktab psixologlari,defektologlar,kutubxonaçi va hamşiralar,18ta fan doirasida jami 810 nafardan ortiq pedagoglar iştirok etişdi.Taqdimotlar asosida dastur mohiyati va kelgusi rejalar haqida yiğilganlarga  ma'lumotlar berildi.Barça ma'lumotlarni örgangan holda yangi öquv yiliga tatbiq etilişiga e'tibor qaratildi.