Özbekiston va Rossiya Jizzax viloyati hududida joylaşgan, koinotni örganiş uçun möljallangan“Suffa” radioteleskopini qurib bitkazişni rejalaştirmoqda. Yaqin orada uşbu loyihaning yöl xaritasini tayyorlaş kerak böladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev jurnalistlarga ma'lum qildi.
Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya fan va oliy ta'lim vazirligi vakillaridan taşkil topgan delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi. Taşrif davomida koinotdan tölqin uzunligi millimetr diapazondagi signallarni qabul qilişga möljallangan radioteleskopni quriş masalasi kötarilgan. Sergeyevning ma'lum qilişiça, 70 metrli radioteleskopning qurilişi 1985 yilda Suffa platosida boşlangan, biroq 1991 yilda töxtatib qöyilgan. 2005 yilda obektning holati ekspertizadan ötkazilgan.
Sergeyevning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda dunyoda “Suffa” radioteleskopining işçi körsatkiçlariga yaqin bölgan körsatkiçlarga ega bir neçtagina radioteleskop mavjud. Biroq “Suffa”ning bir qator ustunliklari mavjud bölib, bu uni noyob radioteleskopga aylantiradi.
Bundan taşqari, Özbekiston va Rossiya olimlari Maydonoq observatoriyasi hududida millimetr diapazonidagi yana bitta teleskop quriş imkoniyatini muhokama qilişmoqda.
Rossiya vakilining aytişiça, radioteleskopni 2024 yilgaça qurib bitkaziş mumkin. Bunda Rossiya tomoni loyihaning instrumental qismiga, Özbekiston tomoni esa tegişli infratuzilmani yaratişga javob beradi. Loyihaning hozirgi kundagi qiymati 100 mln dollarga baholanmoqda.
Rossiya tomonidan loyihada Fanlar akademiyasining Lebedev nomidagi Fizika instituti, Rossiyaning barça yetakçi astronomik taşkilotlari, jumladan, Pulkovo va Qrim observatoriyalari hamda loyiha institutlari iştirok etadi. Özbekistonlik olimlar esa “Suffa”ning ilmiy dasturini şakllantirişda iştirok etişadi.
Sergeyevning ta'kidlaşiça, “Suffa” loyihasi “Rossiya-Özbekiston aloqalarining tiklanişi ramzi”ga aylanişi kerak.











