Mançester universiteti tadqiqot guruhi keçqurun qurilmalar ekranining yaşil-kökiş ranglarni köz uçun sezdirmay qisqartiriş imkonini beruvçi usulni işlab çiqdi. Olimlar şu tariqa "telefon bilan boğliq uyqusizlik"ka qarşi kuraşişga umid qilişmoqda.

Tsian - yaşil va kök ranglar örtasidagi 485-500 nanometrli tölqinga ega rang diapazoni. Uni şuningdek dengiz tölqini rangi yoki moviy rang deb ham ataşadi.

Biologlarning fikriça, bu diapazondagi yoruğlik tunga yaqin melatonin işlab çiqarişga tösqinlik qiladi va şu tariqa bizning uyqu rejimimiz boğliq bölgan yaşirin omil hisoblanadi.

Hatto inson közi yaşil-kökiş ranglar intensivligini sezmasa ham, yoruğlik ta'siri özgaradi.

Olimlarning Sleep ilmiy jurnalida çop etilgan maqolasida zamonaviy telefonlardagi tungi rejimlar bu diapazondagi kunduzgi yoruğlikka xos ranglar yorqinligini pasaytira oladi, lekin şu bilan birga, displeyning rang tizimi ham özgarişi haqida ma'lum qilişdi.

Ranglar yorqinligi susayadi va buning natijasida havo rang yoruğlik ham qisqaradi.

Yangi tadqiqot ranglar yorqinligini saqlab qolgan holda yoruğlikni insonga sezdirmay qisqartiriş imkoni mavjud ekanligini isbotlaydi.

Tajribalar foydalanuvçilar yaşil-havorang yoruğlikka tuzatiş kiritilgan ekran va oddiy displey örtasidagi farqni sezişmaganini, biroq tezroq uyquga ketişganini körsatdi.

Telefon bilan boğliq uyqusizlik

Televizorlar, telefonlar, noutbuklar va boşqa qurilmalar kökiş yoruğlik taratadi, u esa tasvirning közga ta'sirini oşiradi. Inson miyasi bu yoruğlikni kunduzgi çiroq sifatida qabul qiladi va uyqu rejimi uçun javob beruvçi melatonin işlab çiqariş jarayonini sekinlaştiradi.

Zamonaviy smartfonlar kökiş yoruğlikni qisqartiruvçi va tungi vaqtda ranglar yorqinlinini söndiruvçi tungi rejimga ega.

Windows va Mac OS operatsion tizimlari uçun xuddi şunday funksiyali qarorlar mavjud, f.lux ilovasi şular jumlasidandir.