Aralaş yakkakuraş sport turi böyiça jahon çempioni Murod Xontörayev Toşkent şahar prokuraturasi iltimosiga köra qamoqqa olingan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
«Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yunusobod tuman sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Murod Xontörayevga nisbatan Toşkent şahar prokuraturasining «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqildi va qanoatlantirildi», degan manba.
Ma'lum qilinişiça, Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yunusobod tuman sudining 2018 yil 22 iyundagi ajrimiga muvofiq ayblanuvçi Murod Xontörayevga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan va UYa 64/1-sonli Tergov hibsxonasiga joylaştirilgan.
Biroz avvalroq Murod Xontörayev bir qator şaxslar bilan birgalikda 21 iyunga ötar keçasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida «jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgani» haqida xabar berilgandi.
Uning özi tan jarohati (kökragiga piçoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-şahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.
Uşbu iş doirasida boşqa bir guruh şaxslar ham qölga olingani aytilmoqda.
Ma'lumot uçun, Xontörayev 1987 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Ayni paytda u Toşkent şahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialining 3-kurs talabasi. Oilali va ikki nafar farzandi ham bor.












