Jahon çempionati H guruhining 2-turi doirasida Yaponiya terma jamoasi Senegal bilan kuç sinaşdi. "Yekaterinburg-Arena" stadionida keçgan öyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Yaponiya terma jamoasi tarkibida Inui hamda Xonda 1tadan gol urgan bölsa, Senegal terma jamoasining gollariga Mane hamda Vage mualliflik qildi.
2-turdan söng H gurhida bir xil körsatkiçlarga ega Senegal hamda Yaponiya peşqadamlik qilayotgan bölsa, hozirça oçko töplamagan Polşa hamda Kolumbiya terma jamoalari sönggi örinlarni egallab turişibdi. Bugun ular Toşkent vaqti bilan 23:00 da özaro kuç sinaşadi.
N guruhi. 2-tur
Yaponiya – Senegal – 2:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 11 Mane, 1:1 – 34 Inui, 1:2 – 71 Vage, 2:2 – 78 Xonda.
Yaponiya: Kavasima, Yosida, Nagatomo, Sakai, Sedzi, Sibasaki, Xasebe, Kagava (Xonda, 72), Xaraguti (Okadzaki, 75), Inui (Usami, 87), Osako.
Senegal: Ndiay, Sane, Vage, Sabali, Kulibali, Ndiayye (Ndoyye, 81), Guyye, Sarr, Ndiayye (Kuyate, 65), Mane, Nyang (Diuf, 86).
Ogohlantirişlar: Nyang (59), Inui (68), Sabali (90), Ndoyye (90), Xasebe (90).


















