Facebook foydalanuvçilari ijtimoiy tarmoqda qança vaqt ötkazganlari haqida ma'lumot oliş imkoniga ega bölişdi. Eng yirik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilar lentani közdan keçirişga qança vaqt ajratişganini kuzatiş imkonini beruvçi funksiyani sinovdan ötkazmoqda. Yangi funksiya Your Time on Facebook (Sizning "Feysbuk"dagi vaqtingiz) deb ataladi va ilovada paydo böladi, deb yoziladi Android Authority'da.
Facebook ilovasining Android'dagi sönggi versiyasida paydo bölgan yangi funksiyaga dasturçi Jyeyn Mançun Vong e'tibor qaratdi. Foydalanuvçi Your Time on Facebook yordamida ilovada qança vaqt ötkazganini va kunlik, oylik hamda yillik statistika bilan tanişişi mumkin. Facebook'da mazkur funksiya sinovlari haqidagi ma'lumot tasdiqlandi. Ta'kidlaş joizki, joriy yil boşida Facebook rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilar öz vaqtlarini yaxşiroq ötkazişlari ustida işlayotgani haqida ma'lum qilgan edi.
Ta'kidlaş joizki, may oyida Instagram'da ham şunday funksiya köringan edi. Facebook Instagram'ni boşqarişini inobatga oladigan bölsak, ijtimoiy tarmoqlarda ötkazilgan vaqtni kuzatiş imkoni Facebook'da ham yölga qöyilişi ajablanarli emas. Şuni yodga soliş lozimki, vaqtni nazorat qiliş funksiyasi iOS 12'da paydo bölgan.

















