AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati migrantlar oilasini «şafqatsiz va noqonuniy» ajratişda ayblandi. Bu boradagi tegişli da'vo arizasi 17ta ştat va Kolumbiya okrugi boş prokurorlari tomonidan berildi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Siettl okrug sudiga kelib tuşgan hujjatda aytilişiça, Tramp ma'muriyati Lotin Amerikasi davlatlaridan kelayotgan migrantlarga duşmanlik kayfiyatida bölib, ularga zarar yetkazmoqçi. 

AQŞ prezidentining 20 iyundagi farmoni noqonuniy migrantlar oilasini, ular qölga olinganida ajratişni taqiqlaydi. Biroq, da'vo arizasi mualliflari bu hujjatni «xom xayol» deb ataşdi.

BMT iyun oyi boşida AQŞ migratsiya siyosati tanqid ostiga oldi. Uning doirasida mamlakatga kelgan noqonuniy muhojirlar farzandlari öz ota-onalari bilan birga qölga olinardi. Taşkilot matbuot kotibi Ravina Şamdasanining ma'lum qilişiça, bunday çoralar bola huquqlariga ziyon yetkazadi.