Bugun yana ikki guruhda uçraşuvlar öz nihoyasiga yetadi. Avvalgi guruhlardan farqli jihat şundaki, bugun maydonga tuşadigan 8 jamoa içida hali birortasi ham keyingi bosqiç masalasini töliq hal qilib ulgurgani yöq. Hatto ikki öyinda yuz foizlik natija körsatgan Meksika ham. 

Sakkiz  jamoadan yettitasida keyingi bosqiçga çiqiş uçun yaxşigina imkoniyat bor. Demak, bugungi öyinlar yanada qiziqarli va şiddatli keçadi. 

F guruhi

Hakam tomonidan qöşib berilgan paytda, jamoasining gol uriş uçun sönggi imkoniyatini öz zimmasini olgan Toni Kroos ajoyib zarbani ijro etganda, balkim, Robin Olsen qöriqlayotgan darvoza manzilning oxiridek köringandir. Kroos, jamoadoşlari va muxlislar uçun. Lekin bu yölning boşlanişi edi, öşa gol Germaniyaga bor yöği guruhdan çiqiş uçun kuraşiş imkoniyatini saqlab qoldi xolos. Ertakning davomi bugun...

Ioaxim Lyov şogirdlari nimçorak finalga çiqiş uçun Janubiy Koreya ustidan ğalaba qozonişlari kerak böladi. Bu guruhda uç jamoa teng – 6 oçkodan olişi mumkinligini e'tiborga olsak, nemislar 2 töp farqi bilan ğalaba qozonişlari kerak, ana öşanda narigi öyin natijasidan qat'i nazar, guruhda kamida 2-örinni saqlab qolişadi. 

Durang ham Germaniyani keyingi bosqiçga olib çiqişi mumkin, buning uçun Şvetsiya terma jamoasi Meksikadan mağlub bölişi kerak. Agar har ikki öyin ham durang bilan yakunlansa, köproq gol urgan jamoaning omadi keladi. Aytaylik, Meksika – Şvetsiya 1-1 va Germaniya – Koreya 0:0 hisobida tugasa, şvedlar 2-öringa çiqib olişadi. 

Qiziq tomoni şundaki, bu guruhda 2 öyinda ğalaba qozongan Meksika sönggi turda yutqazib, uçinçi öringa tuşib ketişi yoki aksinça, hali birorta ham ğalaba qozona olmagan Janubiy Koreya bugun ğalaba qozonib, 2-öringa çiqib olişi mumkin. Ya'ni uç jamoa 6 oçko töplaşi yoki uç jamoa bir xil – 3 oçkoga ega bölib qolişi ehtimoli mavjud. Asosiy örinda töplar nisbati turişini e'tiborga olsak, bu öyinlardagi har bir golning qiymati juda yuksakdir. 

Tomoşa qiliş uçun esa, Meksika – Şvetsiya öyinini tavsiya qilamiz. Çunki bu öyinda har ikki jamoaning taqdiri öz qölida. Şvetsiya ğalaba qozonsa, keyingi bosqiçga çiqadi, Meksikani esa, guruhda peşqadam bölib qolişi uçun durang kifoya qiladi.  

19.00 Janubiy Koreya – Germaniya
19.00 Meksika - Şvetsiya