Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida vrachlarning kasbiy faoliyatini ekspert komissiyalari tekshiradi
Vazirlar Mahkamasining 18.06.2018 yildagi 456-son qarori bilan Tibbiyot tashkilotlari vrachlarining kasbiy faoliyatini o‘rganish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, eksperiment tariqasida Farg‘ona viloyatida joriy yilning oxirigacha tibbiyot xodimlarining kasbiy faoliyatini o‘rganish tizimi joriy etiladi. Har bir davlat tibbiyot tashkilotida u yerda turli ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlaydigan vrachlar tarkibida ekspert guruhlari tashkil etiladi.
Ular tibbiyot xodimlarining ishini o‘rganadi va tahlil qiladi, ular tomonidan davolash-diagnostika standartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi, davolash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlaydi, tizimli xatolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi, shuningdek qoidabuzarliklar uchun vrachlarni jazolaydi.
2019 yil 31 yanvarga qadar eksperiment natijalari tahlil qilinadi va uni davom ettirish hamda sog‘liqni saqlashning boshqa barcha tashkilotlariga tatbiq etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Xususiy tibbiyot klinikalari uchun nizom tavsiyaviy tusga ega.
Ekspert guruhlari tarkibi yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash organi bilan kelishilgan holda tibbiyot tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Vrachlar uchun guruhga a'zolik - jamoatchilik asosida, tarkib esa har yili tasdiqlanadi. Guruhlar majlislari zaruratga qarab, biroq har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Shuningdek, guruhga vrachlar tomonidan bemorlarga yuritilgan birlamchi tibbiy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish yuklatiladi.
Alohida e'tibor statsionar tibbiy xizmatga qaratiladi. Bu yo‘nalishni nazorat qilish uchun guruh:
• bemor qabul bo‘limida o‘tkazilgan vaqti, tashxis aniqlangan muddat;
• davo muolajalari asosli va to‘g‘ri bajarilganligi (laboratoriya, diagnostika, operativ va b.);
• tashxis noto‘g‘ri qo‘yilganligi bois anesteziya va reanimatsiya jarayonida vujudga kelgan asoratlarning tahlil qilinganligi;
• davolash jarayonida va tuzalishning erta davrlarida bemorlarning parvarishi to‘g‘ri olib borilganligi tahlillarining amalga oshirilganligini o‘rganadi.
O‘rganish natijalari aniq vrachning kasbiy faoliyati bo‘yicha tushgan shikoyatlar kabi guruh majlislarida muhokama qilinadi. Uning natijalari bo‘yicha tegishli xulosa tayyorlanadi va tibbiyot tashkiloti rahbariga taqdim etiladi.
Tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida bemorga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda uni qoplash bo‘yicha javobgarlik vrachga yuklatilishi mumkin.
Shuningdek birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan, retseptni elektron shaklda to‘ldirishni joriy etish va uni tegishli dorixonalardagi ma'lumotlar bazasiga joylashtirishni ta'minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish rejalashtirilayotir. Tegishli chora-tadbirlar rejasi 3 oy muddatda tasdiqlanadi.
Hujjat 18.06.2018 yilda kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026