Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Toşkent şahar hokimligining “Toşkent şahridagi Bodomzor yöli köçasiga buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov nomini beriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça şahar komissiyasining buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov nomini Toşkent şahrida abadiylaştiriş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi Bodomzor yöli köçasiga buyuk adib va jamoat arbobi Çingiz Aytmatov nomi beriladi.

Toşkent şahar Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi (Ğ.Rasulov), Obodonlaştiriş boş boşqarmasi (A.Rizaşov), Içki işlar boş boşqarmasi (R.Djörayev), Yunusobod tuman hokimligi (B.Abdusamatov), hokimlik tizimidagi boşqarma, taşkilot va muassasalar:

köçaga yangi nom berilişi munosabati bilan tegişli işlarni amalga oşiriş yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur çoralar köradi hamda hujjatlarga özgartirişlar kiritadi.