"Özavtosanoat" kompaniyasi boşqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Özbekiston 24" telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, Umidjon Salimovni lavozimidan ozod etiş haqidagi qaror Prezident Şavkat Mirziyoyevning 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uçun belgilangan işlab çiqariş va eksport körsatkiçlarini ta'minlaş, tarmoqning rivojlaniş istiqbollarini belgilaş masalalariga bağişlangan yiğilişida qabul qilindi.
Telekanal bergan ma'lumotga köra, Salimovning lavozimidan böşatilişiga uning faoliyatidagi kamçiliklar va sohadagi qoniqarsiz holatlar sabab bölgan.
Avval Boş prokuratura tizimida faoliyat körsatgan Şavkat Umurzoqov "Özavtosanoat"ning yangi rahbari etib tayinlandi.












