Markaziy bank ma'lumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida Özbekistonning taşqi qarzi 14,5 mlrd dollardan 14,7 mlrd dollargaça oşdi.

Ta'kidlanişiça, bu yerda boş kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan kreditlar hisobga olinmaydi.

Qarzdorlikning asosiy ösişi davlat sektoriga töğri keladi, u yerda kurs özgarişlarini hisobga olgan holda davlat qarzlari ösişi 329 mln AQŞ dollarini taşkil etdi.

Davlat taşqi qarzlari summasining qoldiği 7,6 mlrd dollardan 7,9 mlrd dollargaça oşdi.

Xususiy taşqi qarz böyiça majburiyatlarning ösişi bank sektorida (70 mln dollar) va nobank moliya muassasalari (3 mln dollar) sektorida kuzatildi.

Kompaniyalarning xususiy taşqi qarzlari miqdori asosiy qarzdorlik va foizlar böyiça qarzni qoplaş hisobiga 222 million dollarga kamaydi. Natijada, xususiy taşqi qarz böyiça qarzdorlik 6,3 milliard dollardan 6 milliard dollarga pasaydi.