Millatlararo tinçlik va totuvlikka yöl
“Olimpiada men uçun muhabbat, tinçlik va xalqlar birdamligidir”, – degan edi maşhur sport va kino ustasi Jyeki Çan. Darhaqiqat, sport xalqlarni bir-biriga yaqinlaştiradi va ayni asosda, keng miqyosda xalqlar örtasida tinçlikka köprik sifatida xizmat qiladi.

7 yoşdan 70 yoşgaça
Kuni keça 23 iyun Xalqaro Olimpiya kunining 70 yilligi munosabati bilan Milliy olimpiya qömitasi taşabbusi va Özbekistonda innovatsion quriliş kompaniyalardan biri bölgan Real House brendi boş homiyligida poytaxtimizning “Milliy” stadionida “Olympic Day” milliy marafoni ötkazildi. Tadbir 7 yoşdan 70 yoşgaça bölgan nomdor va havaskor yengil atletikaçilar, sport ixlosmandlari va yurtimiz estradasi yulduzlarining özaro iştirokida ikki bosqiçda yuqori saviyada bölib ötdi.


Ğalaba naşidasi
Tadbirning kunduzgi qismida bir neça yoş yönalişlari va yengil atletikaning bir neça turlari böyiça musobaqalar taşkil etildi va ğoliblar aniqlanib, tadbirning boş homiysi “Real House” brendi va Milliy olimpiya qömitasining esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
















