2018 yilning 27 iyun kuni Özbekiston Respublikasi taşri işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞning taniqli jamoatçilik arbobi va olimi, J.Xopkins Universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starr bilan uçraşdi. U mamlakatimizda nufuzli xalqaro tadqiqotçilar bilan bölib turibdi, deb xabar berdi TIV axborot xizmati.
Suhbat davomida Özbekiston-AQŞ munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Şu örinda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari AQŞga birinçi rasmiy taşrifi va prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakunlariga yuqori baho berildi va ikki davlat hamkorligini yanada rivojlantiriş uçun tarixiy ahamiyat kasb etişi qayd etildi.

Frederik Starr Özbekiston va butun Markaziy Osiyoning jöşqin va uzoq muddatli rivojlanişi örtasida töğridan-töğri boğliqlik mavjudligini ta'kidladi. Uning «Özbekistonning yangi yuzi» kitobi Vaşington şahrida may oyi boşida «Atlantika kengaşi»dagi brifing çoğida ekspertlar hamjamiyati va keng jamoatçilikka ilk bor taqdim etilgan edi.
AQŞlik tadqiqotçi «Markaziy Osiyo mintaqasida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaş böyiça mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş» rezolyutsiyasining Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi tomonidan 22 iyun kuni bir ovozdan qabul qilinişini olqişladi. Uşbu hujjat umumiy muammolarni birgalikda hal qiliş, köp millionli aholining taraqqiyoti va farovonligini ta'minlaş böyiça mintaqa mamlakatlarining sa'y-harakatlarini jahon hamjamiyati tomonidan qöllab-quvvatlanişining yana bir dalilidir.
Uçraşuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boşqa masalalari yuzasidan ham fikr almaşildi.











