Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ yetakçisi Donald Tramp Xelsinkida uçraşadi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

«Biz hozirgina şuni bildikki, Finlyandiya poytaxti Xelsinki Tramp va Putinning uçraşuvi ötkaziladigan joyga aylanadi», - deyiladi xabarda.

Trampning özi ham Finlyandiya poytaxti sammitga mezbonlik qilişi mumkin ekanini aytgandi. Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, muzokaralar NATOning 11-12 iyul kungi sammitidan söng bölib ötadi.

Şuningdek, Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuv yakuni böyiça matbuot anjumanida iştirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytarişi ma'lum böldi.

Avvalroq, Tramp Putin bilan nima haqida gaplaşişi ma'lum qilingandi.