Prezident qaroriga muvofiq “Mehnatkaş dehqon” kökrak nişoni ta'sis etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

“Mehnatkaş dehqon” kökrak nişoni bilan ekin maydonlari unumdorligini oşiriş borasida salmoqli işlarni amalga oşirayotgan dehqon xöjaliklari rahbarlari, a'zolari, mirişkor dehqonlar va boşqa qişloq xöjaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar.

Kökrak nişoni bilan taqdirlaş böyiça takliflar tuman qişloq xöjaligi bölimi, fuqarolarni özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman kengaşi hamda mahalla fuqarolar yiğinlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tomonidan şakllantiriladi.