27 iyun kuni Namangan viloyatining Uyçi tumanida “Uyçi Sohibkor” agrofirmasi hududidagi “Muhammadmuso Boltaboyev” fermer xöjaligi ğalla maydonida örim işlarini olib borayotgan “Uyçi agrotexservis MTP” MÇJga “CASE-2366” rusumli ğalla öriş kombaynida yonğin sodir bölgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan. 

Yonğin oqibatida kombaynning motor bölmasi va haydovçi kabinasi qisman yonib zarar körgan. Jarohat olganlar yöq. 

Yonğin kelib çiqiş sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.