«Liverpul» va Misr terma jamoasi hujumçisi Muhammad Saloh Çeçenistonga respublika rahbari Ramzon Qodirovning taklifiga köra kelişga rozi böldi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, bu haqda siyosatçining özi aytgan.

«U albatta taşrif buyurişini aytdi. Hozirda çempionat davom etmoqda, ular bunday huquqqa ega emas. U respublika öziga juda yoqqani va yana bir neça kunga taşrif buyurişi haqida aytdi. Bu uning sözlari», - deya ma'lum qildi Qodirov Salohni toğlarga taklif qilganiga oid savolga javob berib.

Şuningdek, siyosiy arbob Rossiyani JÇ-2018da qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.

«Bugun bizning termani hamma qöllab-quvvatlamoqda, Rossiyaning har bir şahrida vatanparvarlik tölib-toşgan. Öylaşimça, bizning jamoa xursand qiladi, biz esa - uni istalgan natijada ham qöllab-quvvatlaymiz», - deya xulosa qildi u.

Misr terma jamoasi mundialda guruhdan çiqa olmadi. Stanislav Çerçesov şogirdlari esa jahon birinçiligining 1/8 finalida Ispaniya bilan kuç sinaşadi.