Sobiq xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov Namangan davlat universitetiga yangi rektor etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz»ning universitetdagi manbalari xabar bergan.
Inoyatov yangi lavozimda Abdusalom Vaxitoviç Umarovning örnini egalladi. Sobiq rektor Xalq ta'limi vazirligiga işga ötgani aytilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2013 yil fevralidan 2018 yil 20 iyuniga qadar Xalq ta'limi vaziri bölgan Uluğbek Inoyatov Samarqanddagi tadbirda iştirok etayotgan vaqtida işdan böşatildi va uning örniga Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari Şerzod Şermatov yangi vazir etib tayinlandi.
Ma'lumot uçun, vazir bölişdan avval 2011-2013 yillarda Toşkent davlat pedagogika universitetiga rektorlik qilgan.











