Telegram messendjyeridagi “Intellect” guruhida kitobxon yoşlar, Kun.uz sayti hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi hamkorligida “Mutolaa oyligi” kitobxonlik tanlovi ötkazib kelinmoqda. 

Tanlov nizomiga köra, guruhda har bir oy uçun ma'lum asar mutolaaga tanlanadi, oy yakunida esa öquvçilarning mutolaa böyiça bildirgan fikrlari, berilgan savollarga javoblari inobatga olinib “Oyning eng yaxşi kitobxon”lari saralanadi.

Ötgan oy guruh a'zolari örtasida maşhur turk yozuvçisi Ahmad Lutfi Qozonçining «Sönggi töfon» asari mutolaa qilindi.

Asar mutolaasi böyiça yakuniy tanlovda esa 400dan ortiq yoş kitobxonlar iştirok etdi. Quvonarlisi, asar mutolaaçilarning barçasida ijobiy taassurot qoldirdi.

Buni iştirokçilarning fikrlaridan xulosa qiliş mumkin.

-“Dunyo qarama qarşiliklardan iborat: Yoruğlik-zulmat, ezgulik-yovuzlik, quvonç-ğam...

Inson tabiati ham şunday: nafs-qanoat, kibr-samimiyat, sabr-noşukrlik kabilar doimo ziddiyatda, kuraşda. Yana inson tabiatida şunday bir qarama-qarşilik mavjudki, u har doim insonni fikrlaşga, özi bilan özi kuraş olib borişiga majbur etadi. Bu insondagi vijdon tuyğusining razolatga qarşi kuraşidir. Ahmad Lutfi Qozonçining «Sönggi töfon» asari xeç şubhasiz mana şu kuraşni, insondagi eng gözal fazilatlar bilan bir qatorda undagi eng jirkanç illatlarni ğoyat ta'sirli badiiy böyoqlar orqali qarama-qarşilantirgan asardir, - Şamşod Najmiddinov.

-Oçiğini aytaman men Qozonçining «qozoni»ga bundan bir neça yillar avval tuşganim boismi bu asardan unçayin hayratlanmadim. Töğri tölqinlandim, ğazablandim, yiğladim ham... Lekin ruhiyatimda u qadar portlaş bölmadi. Çunki u «Ögay ona»si bilan allaqaçonlar portlatib bölgan dunyoyimni. «Sönggi töfon»ga kelsak kişi özini tarbiya etişi uçun yaxşi qöllanma böla oladi. Asarni öqirkansan yon-atrofingdan Tursunlar, Hasanlarni qidirib qolasan. Bir boşdan eslaysan, savol berasan «Hayotimda uçragan öçirğiçlarni bilib bilmay, balki yoşlik qilib olib qöymaganmidim»?! Mana şu muallifning eng katta yutuği böladi menimça, - Aziz Tojimatov.

Bir kuni Farida derazadan quşlarga qararkan, quşga aylanişni, barçasidan voz keçib uzoq-uzoqlarga uçib ketişni xohlaydi. Bu ozodlik orzusi emasmikan, qafasdan çiqib butun dunyoga jar solib sayraş orzusi emasmikan? Ayniqsa, Tursunning yana qölga olinganini gazeta bölagidan bilgan, Hasanning bir çekkaga borib, hayqirişi bu uni şunday yaşaşga majbur etgan otaga, hayotga , muhitga va taqdirga isyonkorona hayqiriği emasmi? Köpçiligimiz hayotimizda şunday vaziyatlarga duç kelamiz va öşanda içimizdan nimadir taşqariga otilib çiqqanini his etamiz. Bu isyon, ha yozuvçi buni ham kiritib ketişni istaganini körişimiz mumkin. Ba'zan insonda ana şunday isyonlar bölib turadi va bu isyonlar bizga qalbimizning tirikligini va yaşaş uçun kuraşayotganimizni eslatib turadi, -