12 fevral kuni Toşkent şahridagi «Kitob olami» kutubxona-dökonida Toşkent kimyo-texnologiya instituti taşabbusi bilan «Kitob-millatning bebaho, ma'naviy va madaniy merosi» mavzusida «Zukko kitobxon» körik tanlovi bölib ötdi. Bu haqda oliy ta'lim muassasasi axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Tanlov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça Komissiya tuziş töğrisida»gi farmoyişi ijrosini ta'minlaş hamda 2017-2021 yillar böyiça Harakatlar strategiyasining bandida belgilangan vazifalarni ijro etiş maqsadida bölib ötdi.


«Tanlov 2 bosqiçda ötkazilib, I bosqiç fakultet talabalari orasida taşkil etildi. Uşbu bosqiçda 150 nafar talaba iştirok etib, eng yuqori ball töplagan 10 nafar talaba keyingi bosqiçga yöl olişi nazarda tutilgan. Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan 10 nafar talaba finalda bellaşadi», deyiladi xabarda.
Uşbu körik tanlovni adolatli hamda şaffof baholaş uçun hakamlar hay'ati tarkibiga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, «Oltin qalam» mukofoti, «Döstlik» xamda «Mehnat şuhrati» ordenlari sohibasi, şoira Zulfiya Möminova hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a'zosi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir Bobur Bobomurod taklif etilgan.
















