2026-yilning yanvar-sentabr oylari davomida Özbekistonda kambağallik darajasi 5,8 foizdan 3,6 foizgaça pasaydi. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hisobotida keltirilgan.
Hisobotga köra, kambağallikdan xoli mahallalar soni 1435 tadan 3627 taga yetgan. «Ijtimoiy reyestr»dagi 429 mingta oilaga daromadini oşiriş maqsadida 581 mingta xizmat körsatilgan, natijada daromadi oşgan 440 mingta oila reyestrdan çiqarilgan.
Ötgan 9 oy içida 824 ming nafar fuqaro doimiy işga joylaştirilgan. Şuningdek, 4,1 mln nafar aholining daromadini oşirişga yordam berilgan, 980 ming nafar fuqaroning norasmiy bandligi rasmiylaştirilgan.
Qayd etilişiça, kasbga öqitiş dasturlari doirasida 96,4 ming kişi öqişga jalb qilinib, uni tamomlagan 59,2 ming nafar bitiruvçidan qariyb 45 mingi iş bilan taʼminlandi. Vauçer tizimi orqali qariyb 130 ming kişiga vauçer ajratilib, öqişni tamomlagan 56,5 ming kişidan 43 mingdan ortiği işga joylaştirilgan.
Şuningdek, yanvar-sentabr oylarida Onlayn mahalla elektron platformasi orqali jami 7730 ta subsidiya va 8 835 ta ssuda arizasi qanoatlantirilgan. Natijada 64,1 mlrd söm subsidiya (ötgan yilga nisbatan 58,4 foiz ösiş) va 79,8 mlrd söm ssuda (+31,4 foiz) ajratilgan.













