Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.
F guruhida Janubiy Koreya va Germaniya bellaşdi. Öyin kutilmaganda koreyaliklarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi. Nemislar raqib darvozasi oldida köplab vaziyatlarni yaratgan bölsa-da, gol urişni uddalay olişmadi. Janubiy Koreya esa hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda darvozani 2 marta işğol etib, ğalabani ilib ketdi.
Guruhning yana bir öyinida Şvetsiya Meksikani 3:0 hisobida yengdi. Natijada, har ikkalasi 1/8 finalga yöl olişdi. Germaniya esa guruhda sönggi örinni egallab, jahon çempionatini tark etdi.
JÇ-2018, F guruhi
Janubiy Koreya – Germaniya 2:0
27 iyun, Qozon, «Qozon-Arena» stadioni
Gol: Kim Yon Gvon (90+1), Son Hyon Min (90+6)
Janubiy Koreya – Çjo Xen U, Kim Yon Gvon, Yun Yen Son, Xon Çxol, Çjan Xen Su, Ku Çja Çxol (Xvan Xi Çxan, 56; Ko Ye Xan, 79), Çjon U Yen, Mun Son Min (Çju Se Çjon, 69), Li Çje Son, Li Yen, Son Hyon Min.
Germaniya – Noyyer, Xummels, Zyule, Kimmix, Xektor (Brandt, 78), Xedira (Gomes, 58), Kroos, Ozil, Gorettska (Myuller, 63), Roys, Verner.
Ogohlantirişlar: Çjon U Yen (9), Li Çje Son (23), Mun Son Min (48), Son Hyon Min (65).













