Bugun, 28 iyun kuni jahon çempionati «G» guruhida ham 3-tur öyinlariga yakun yasaladi. Mazkur guruhda deyarli hamma narsa hal bölib ulgurgan. Ya'ni, Angliya va Belgiya muddatidan avval keyingi bosqiçga çiqqan. Faqat bugun ular özaro bahsda guruh ğolibi nomiga aniqlik kiritib beradi.

Angliya Belgiyaga qarşi. Eden Azar va Kevin de Bryuyne yetakçiligidagi «oltin avlod» Harri Keyn va Dele Alli yetakçiligidagi yangi avlodga qarşi maydonga çiqadi. Bu öyin tom ma'noda muxlislar uçun, guruh masalasini hal qilib ulgurgan terma jamoalar tomoşabop öyin körsatişga harakat qilişlari tabiiy.

Bu ikki terma jamoa uçinçi turda emas, avvalroq uçraşganida yanada qiziqroq bölardi, qolaversa, hozirda ikkinçi örinni egallaş birinçi örindan yaxşiroq ğoya bölib qolgan. Uning ustiga belgiyaliklar ustozi Roberto Martines tarkibda 10ta özgariş amalga oşirişni möljallagan.

Yutgan yutqazadimi?

Foto: Sport Ekspress

Birinçi örin ikkinçi örindan yomonroq vaziyat. Ikkinçi turda Angliya ham, Belgiya ham öz raqiblarini yirik hisoblarda tor-mor etdi. Endi terma jamoalarda teng körsatkiçlar - 2tadan ğalaba, 6tadan oçko, töplar nisbati ikki jamoada ham bir xil 8-2. Faqat inglizlarda sariq kartoçkalar soni bittaga kam 3-2. Şu tufayli Angliya guruh jadvalida birinçi örinda joylaşgan.

Nazvaniye

Gap şundaki, birinçi örin bilan çiqadigan terma jamoa yölida Braziliya, Argentina, Fransiya, Portugaliya, Urugvay kabi terma jamoalar çiqişi mumkin. 2-örin sohibi boradigan yöl esa biroz yengilroq – Xorvatiya, Daniya, Ispaniya, Şvetsiya... Bundan taşqari, ikkinçi örin bilan çiqqan jamoada bir kun ortiqça dam oliş kuni böladi.

Ayni vaqtda belgiyaliklar Roberto Martinesni birinçi örin uçun zör berib harakat qilmaslikka çaqirişmoqda. Angliyada esa ekspertlar ham, muxlislar ham, jurnalistlar ham jörovoz bölib öz jamoalaridan... ikkinçi örinni egallaşni söraşmoqda. Faqat Garet Sautgeyt jamoasi ğalaba uçun maydonga çiqişini aytmoqda. Agar öyinda durang hisob qayd etilsa, birinçi örin taqdirini kartoçkalar hal qiladi. Bu öyinda futbolçilar ataylab kartoçka işlaşga harakat qilmasliklari tayin.

Belgiya qanday rotatsiyalar qilmoqçi?