Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.
H guruhining sönggi turida Kolumbiya Senegalni (1:0), Polşa esa Yaponiyani (1:0) yengdi.
Natijada Kolumbiya 6 oçko jamğarib, guruhda birinçi böldi. Ikkinçi va uçinçi örinni bir xil körsatkiçga ega bölgan Yaponiya va Senegal egalladi - 4 oçko, töplar nisbati 4:4.
Mana şu holatda feyr-pley oçkolari hisoblandi. Ya'ni sariq va qizil kartalar uçun beriladigan oçkolar böyiça Yaponiya afrikaliklardan özib ketdi (Senegal hisobida 6ta sariq karta, Yaponiya hisobida 4ta).


















