Özbekiston hukumatining tonirovka qilingan oynali transport vositalari ekspluatatsiyasini tartibga solişga doir çora-tadbirlar töğrisidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama uçun taqdim etildi. 

Hujjatda Içki işlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018 yil 1 iyulidan tölov asosida jismoniy va yuridik şaxslarning qoraytirilgan oynali yengil transport vositalari ekspluatatsiyasiga doir taklifini tasdiqlaş taklif etiladi.

Hujjatga köra, avtomobil orqa oynasining yoruğlik ötkazuvçanligi 5 foizdan kam bölmasligi kerak, orqa örindiqning yon tomonlaridagi oynalarning yoruğlik ötkazuvçanligi esa 30 foizdan kam bölmasligi közda tutilgan. Tonirovkani örnatiş IIV qoşidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat körsatiş markazi" tomonidan davlat standartiga köra işlab çiqilgan va tasdiqlangan tartibda amalga oşiriladi. Davlat standarti Yöl harakat xavfsizligi davlat xizmati bölimlari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatga asoslanadi. 

Öz örnida yengil transport vositalari old oynasining yuqori qismida kengligi 14 santimetrdan oşmagan 30 foizdan kam yoruğlik ötkazuvçi çiziqlarni örnatiş uçun ruxsat talab etilmaydi. 

Tonirovkani örnatişga ruxsat oliş uçun tölovlar stavkasi jismoniy şaxslar uçun - eng kam iş haqining 90 baravari, yuridik şaxslar uçun esa 120 minimal iş haqini taşkil qilişi mumkin. Xorijiy mamlakatlarning yuridik şaxslari uçun tölov 140 eng kam iş haqi miqdorida bölişi kutilmoqda.

Xorijiy davlatlarning oynasi qoraytirilgan transport vositalarining Özbekistonga kirişi va uning hududi böylab tranziti uçun 15 dollar miqdorida yiğim undiriş taklif qilinmoqda.