"Buyuk kelajak" ekspertlar kengaşi Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun xorijdagi özbekistonliklarning intellektual elitasini töpladi. Kengaş raisi, Rossiyaning "Rosnano" kompaniyasida istiqbolli loyihalarni rivojlantiriş bloki rahbari Alişer Kalonov bugun şunday bayonot berdi.

Toşkentda turli sohalar ekspertlari Özbekistonning 2035 yilgaça uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasi konsepsiyasi muhokama qilinadigan forumga start berildi. "Biz Özbekistonda ötkazilayotgan katta islohotlarda foydasi tegişi mumkin bölgan intellektual elitani töpladik", - dedi Kalanov tadbirdagi kiriş sözida. 

"Bizning takliflarimiz prezident taşabbusiga tayanadi, biroq biz yanada uzoq - 2035 yilgaça rivojlaniş strategiyasi ustida işlaşni közda tutyapmiz. Mamlakat nimaga erişmoqçiligiga doir vizioner maqsadlar qöyiş kerak. Bizda barça yönalişlar böyiça mutaxassislar bor", - dedi Kalanov.

Bu işda, qöşimça qiladi u, imkon qadar köproq Özbekistondan taşqarida yaşovçi, yetarliça bazaviy ta'lim olgan, dunyoning yirik kompaniyalarida tajribaga ega bölgan, intellektual va professional salohiyatli  vatandoşlarimiz iştirok etişlari kerak, islohotlarni amalga oşirişda aynan şunday kadrlarga talab katta. 

Kalanovning işonç bilan ta'kidlaşiça, bu işda qatnaşiş istagida bölganlar soni hafta sayin oşib bormoqda. Ekspert platformasi hozirça 155 a'zoga ega.

"Biz bu ekspertlar bilangina çeklanib qolmoqçi emasmiz. Maqsadimiz - körsatkiçlarni 300 yo ehtimol, 400 kişigaça yetkaziş. Biz vatanimiz oldidagi burçimizni ado etişga tayyormiz", - dedi Kengaş raisi. Uning sözlariga köra, mahalliy ekspertlar ham uning tarkibiga qöşilişi mumkin.

Özbekistonning uzoq muddatli rivojlaniş strategiyasi şuningdek xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda işlanmoqda. Yakuniy hujjat Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga körib çiqiş uçun taqdim etiladi.