Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ochilboy Ramatov Turkmaniston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: KUN.UZ
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatovni qabul qildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalarida Buyuk Ipak yo‘lini tiklash, energetika va boshqa tarmoqlarda salmoqli salohiyatga ega bo‘lgan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Shu nuqtai nazardan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishning keng istiqbollari mavjudligi ta'kidlandi. Bunga oliy darajada erishilgan kelishuvlar, shu jumladan, joriy yilning aprel oyida Turkmaniston prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi natijalari yangi turtki berdi.
Yaxshi qo‘shnichilik-gumanitar aloqalarni rag‘batlantirishning ahamiyati ham ta'kidlandi. Bildirilishicha, bugungi kunda Madaniyat kunlari kabi o‘zaro ijodiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Ilm-fan va ta'lim sohasidagi davlatlararo hamkorlik, xususan, tegishli hujjatlar bilan qo‘llab-quvvatlangan oliy o‘quv yurtlari orqali kuchaytirilmoqda.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025