Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari suhbat avvalida Turkmaniston prezidentini tuğilgan kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va yangi zafarlar tiladi.  

Bugungi Turkmaniston erişayotgan ulkan muvaffaqiyatlar, uning xalqaro nufuzi izçil yuksalib borayotgani Gurbanguli Berdimuhamedov rahbarligida amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlar va yangilanişlarning, ijobiy betaraflik siyosatining amaliy natijalari ekani alohida ta'kidlandi. 

Turkmaniston prezidentining Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, transport yölaklari va energetik infratuzilmani rivojlantiriş, suvdan oqilona foydalaniş, sportni ommalaştiriş borasida va boşqa yönalişlardagi xalqaro miqyosdagi taşabbuslariga yuksak baho berildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqot va uçraşuvlar qardoş xalqlar örtasidagi köp asrlik döstlik riştalarini mustahkamlaşga, şuningdek, mamlakatlar örtasida yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini kengaytirişga xizmat qilayotgani çuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

Turkmaniston prezidentining joriy yil aprel oyida Özbekistonga amalga oşirgan samarali davlat taşrifi hamda uning yakunida erişilgan muhim kelişuvlar va bitimlar köp qirrali Özbekiston-Turkmaniston hamkorligiga yangi sur'at baxş etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.

Suhbat çoğida savdo, işlab çiqariş kooperatsiyasi, energetika sohalari, samarali transport va tranzit kommunikatsiyalarini rivojlantiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar yönaliş böyiça hamkorlik istiqbollari körib çiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Turkmaniston prezidenti samimiy tabrik va tilaklar uçun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Özbekiston prezidentini joriy yil avgust oyida Aşxobodda bölib ötadigan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi ta'sisçi davlatlari rahbarlarining sammitida iştirok etişga taklif qildi.  

Muloqot söngida davlat rahbarlari qardoş mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi strategik şeriklik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşda intilişi qat'iy ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.