Rossiya Federatsiyasi traktorsozlik zavodining Özbekistondagi dileri Road bilding technics korxonasi B10M buldozerini yiğişni boşladi. Korxona yil davomida Çelyabinsk traktor zavodining traktorlarining butun boşli partiyasini yiğişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Carzone xabar bergan.
Şartnomaga köra ikki turdagi mexanik transmissiyali B10M va T10MB traktorlari tayyorlanadi. Eng birinçi yiğilgan maşina neft-gaz sanoatiga sotildi.
Özbekistonning traktorsozlik böyiça işlab çiqariş bazasi mavjud, tajribali mutaxassislari bor. Hozir özbek korxonasi yiğiş texnologiyasini takomillaştirmoqda va sertifikatsiya masalalarini hal qilmoqda. Şundan söng traktorga maxsus yorliq qöyiladi va u Özbekiston-Rossiya mahsulotiga aylanadi. Bu texnika import hisoblanmaydi hamda xalqaro tender va tanlovlarda Özbekistonning milliy mahsuloti deb taqdim etiladi.
Çelyabinsk traktor zavodi Belarus, Ukraina, Qozoğiston va Qirğizistonda yiğiladi. Bu davlatlar qatoriga Özbekiston beşinçi bölib qöşildi.












