Uçraşuvida ikki tomonlama hamkorlikni yölga qöyiş istiqbollari, şuningdek, uni yanada rivojlantiriş yönalişlari muhokama qilindi. Özbekistonda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoşligiga alohida e’tibor qaratildi.

Xorij tomoni qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş, Misrda Özbekiston texnologiyalari asosida traktor işlab çiqarişning töliq siklini taşkil etiş, şuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yölga qöyiş kabi yönalişlarda hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqiçlarini muhokama qiliş maqsadida şu yilning iyul oyida AgroTex Klaster işçi guruhining Misrga safarini taşkil qilişga kelişib olindi.