2007 yil oktabr oyida Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida yaşovçi Q.Ş. uyida birga yaşagan 4 yoşli ögay öğli Y.M.ning boşiga qöli bilan urgan, natijada u yerga yiqilib huşidan ketib vafot etgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, şundan söng Q.Ş. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uçun kavlangan çuqurga kömib taşlagan edi.
Körilgan çoralar natijasida Q.Ş. uşlanib voqea joyi bölgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bölaklari topib olingan.













