Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyatida anor yetiştirişni köpaytiriş va sohani rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, "Özbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi, “Davergeodezkadastr” qömitasi, Farğona viloyati hokimligi anor yetiştiruvçi taşkilotlarning Farğona viloyatida anor köçatlarini yetiştirişni yanada rivojlantiriş, qayta işlaş va eksport hajmini oşiriş maqsadida "Anor yetiştiruvçilar" uyuşmasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Belgilanişiça, “Farğona anorçilik” va “Mindonobod agrosanoat” agrofirmalari, “Farğonaazot” AJ, “Mastona” AJ, "Agro sifat logistika" MÇJ,"Agro servis aziya" MÇJ va fermer xöjaliklari hamda tomorqa yer egalari, anor eksporti bilan şuğullanadigan xöjalik yurituvçi sub'yektlar Uyuşma muassislari hisoblanadi;

taşkilotlar, fermer xöjaliklari va boşqa xöjalik yurituvçi sub'yektlar şartnoma asosida Uyuşmaga mustaqil a'zo bölişlari mumkin va uning tarkibidan çiqiş huquqiga egadirlar.

Quyidagilar Uyuşmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

anorçilik sohasini rivojlantiriş, ixtisoslaşgan xöjaliklar taşkil etiş va uşbu faoliyat bilan şuğullanuvçi xususiy sektor vakillariga kömaklaşiş;

sohani kompleks rivojlantirişda iştirok etiş, ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsion, qayta işlaş va eksport siyosatini amalga oşiriş;

yer maydonlardan samarali foydalaniş, intensiv resurstejamkor texnologiyalarni qöllagan holda anorzorlarni barpo etiş, mahsulot yetiştirişni köpaytiriş, uni qayta işlaş va eksportini amalga oşiriş işlarini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş;

anor yetiştiriş jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, çet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb qiliş, ularning tajribalarini örganiş va sohaga ilğor texnologiyalarni keng joriy qiliş;

sifatli eksportbop anor köçatlarini köpaytiriş, fermer va dehqon xöjaliklariga köçatlarni tizimli yetkazib beriş, kasallik va zararkunandalariga qarşi biologik hamda kimyoviy vositalar asosida kuraşiş işlarini taşkil etiş;

anor yetiştiriş, uni qayta işlaş va eksportga yetkazib beriş jarayonlarini rivojlantirişga yönaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqişda iştirok etiş;