Fransiya terma jamoasi jahon çempionatining asosiy favoritlari qatorida. Quyida uşbu terma jamoaning asosiy ustunliklari haqida söz boradi.

Guruh bosqiçining birinçi turida Avstraliyaga qarşi keçgan öyindan keyin (bu öyin yorqin bölmadi va fransuzlar nisbatan kuçsiz raqibni qiyinçilik bilan yengdi) uç ranglilarni turnirning asosiy favoritlari safidan öçira boşlaşdi. Lekin hali bunga erta edi.

Birinçidan, Fransiya öşa öyinda baribir 3 oçkoni qölga kiritgan, natijaga erişgandi.

Ikkinçidan, ikki yil muqaddam öz uyida ötgan Yevropa çempionatini ham Fransiya kutilganidek boşlamagan, Ruminiyaga qarşi öyinda faqat Dimitri Payyening indivudial mahorati 3 oçko keltirgandi. Keyin esa jamoa finalga qadar yetib borgandi.

Uçinçidan, tajribaga köra, kuçli terma jamoalar kiçik turnirlarda kuçni barça öyinlarga teng taqsimlaşga harakat qiladi, köproq kelajakni, pley-off bosqiçini öylaşadi.

Törtinçidan esa, boş murabbiy Dide Deşam qöli ostida şunday yuqori saviyali futbolçilar jamlanganki, ular murabbiysiz ham ğalaba qozonaverişadi. Bu avtomat jamoa - xuddi Nissan va uning konsepsiyasi Intelligent Mobility. Bu konsepsiya 3 innovatsiyani öz içiga oladi:
- aqlli boşqaruv - stressdan xolilik va texnologiyalar orqali boşqariladigan avtomobildan mamnunlik;
- aqlli energiya - zararli çiqindilarning yöqligi;
- aqlli integratsiya - odamlar kelajagi uçun tozalik va xavfsizlik.

Bu maşina yölovçilarni tuşirgaç, özi mustaqil parkovka qila oladi. Frantsuzlar jamoasi esa, öz navbatida raqiblarni osonlik bilan mağlub etişga qodir - bu futbolçilardagi yuqori klass evaziga va Deşam tomonidan jamoaga singdirilgan texnik sxemalar evaziga amalga oşişi mumkin.

Faqat markaziy yarim himoyaçilar

Foto REUTERS

Öyin uçun tarkibni belgilab olişda Deşam heç qaçon ikki markaziy yarim himoyaçidan iborat sxemadan voz keçmaydi, xoh Avstraliyaga qarşi öyindagi 4-3-3, xoh Yevro-2016da bölgani kabi 4-4-1-1, xoh klassik uslubdagi 4-2-3-1, xoh oxirgi vaqtlarda köpçilik tomonidan tez-tez qöllanadigan 4-1-4-1 sxemasi bölsin, u ikki markaziy himoyaçini maydonga tuşiradi. Fransiya heç qaçon qörqib öynamaydi va çuqur hujumkor uslubda harakat qiladi, raqibga töpga ustunlik qiliş bilan bosim uyuştiradi, bunga top darajadagi yarim himoyaçilar, şuningdek hujum çiziğida ham aqlli, ham ayyor, ham jismonan yetuk hujumçilar mavjudligi imkon beradi.