Bugun, 1 iyul kuni jahon çempionati nimçorak final uçraşuvlari davom ettiriladi. Dastlabki öyin mezbon Rossiya termasi hamda mundial favoritlaridan biri sifatida e'tirof etilayotgan Ispaniya terma jamoasi örtasida keçadi. Bellaşuv Toşkent vaqti bilan soat 19:00da boşlanadi. Uçraşuvni niderlandiyalik Byorn Kuypers boşçiligidagi hakamlar brigadasi boşqaradi.

Çerçesov Hiddink bilan nimani muhokama qildi?

Foto: Sport-Ekspress

Rossiya termasi muxlislarini xursand qiluvçi bir fakt bor. Şu vaqtgaça Ispaniya termasi jahon çempionatlarida ham, Yevropa çempionatlarida ham mezbon jamoani yenga olmagan. Biron marta ham.

Ispanlar Rossiyada bu mistik seriyaga barham berişadimi? Qayd etiş kerakki, «qizil furiya» 2002 yilda Guus Hiddink boşqaruvidagi Janubiy Koreyaga ham (çorak finalda, penaltilar seriyasida) yutqazgandi.

Rossiya termasi tarixidagi eng yaxşi natijani qayd etgan Guus Hiddink şu kunlarda Stanislav Çerçesov taklifiga köra unikida mehmon böldi. Uning taşrifi OAVda keng yoritildi. Ular uzoq vaqt davomida nimani muhokama qilişgani noma'lum bölib qolmoqda. Hiddink kameralar qarşisida uzoq vaqt bölmadi va jönab ketdi. 

Qayd etiş joizki, Hiddinkning Koreyasiga 16 yil muqaddam misrlik hakam Jamol Gandur yordam berib yuborgandi. U pireneyaliklarning 2 golini hisobga olmagandi. Lekin öşanda koreyslarning özi ham matonat körsatgan, qolaversa, ular nimçorak finalda Italiyaga qarşi öyindan keyin raqibga qaraganda ikki kun kam dam olişgandi.

Keyinçalik Ispaniyaning öşa tarkibida bölgan futbolçilar bu natija haqida şunday eslaşdi. Iker Kasilyas: «Biz özimiz ega bölgan imkoniyatlardan foydalanişimiz kerak edi». Gaiska Mendeta: «Men bizdan ğalabani öğirlaşdi, degan fikrdan yiroqman. Yaxşisi, Morentes yoki boşqa hujumçilar gol urolmagan vaziyatlarni eslaylik. Menimça, bu öyindagi hakamlik darajasi jahon çempionati darajasida böldi. Ha, biz ikki gol urdik, ammo ikkisini ham ofsayddan».

Köramiz, bugungi öyinda hakamlik qanday böladi? 

Rossiyaga Lopetegi mojarosi yordam beradimi?