01:09 / 01.07.2018
14709

JCh-2018. Kavani dubl qayd etib, Portugaliyani 1/8 finalda qoldirib ketdi

Jahon chempionati 1/8 finalining ikkinchi juftlik o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Urugvay hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahs 2:1 hisobida urugvayliklar foydasiga hal bo‘ldi. 

Urugvay safida Kavani dublga erishgan bo‘lsa, Portugaliyaning yagona goli Pepe tomonidan kiritildi. 

Shu tariqa Urugvay terma jamoasi 1/4 finaliga yo‘l oldi va unda Fransiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. 

1/8 final

Urugvay – Portugaliya – 2:1 (1:0)

Gollar: Kavani, 7 (1:0). Pepe, 55 (1:1). Kavani, 62 (2:1).
Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Laksalt, Nandes (Sanches, 81), Torreyra, Vesino, Bentankur (Rodriges, 63), Luis Suares, Kavani (Stuani, 74).
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Rikardu Pereyra, Pepe, Joze Fonti, Rafael Gerreyru, Bernardu Silva, Villiam Karvalyu, Adrien Silva (Kuarejma, 65), Joau Mariu (Fernandesh, 84), Krishtianu Ronaldu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 74).
Ogohlantirishlar: Krishtianu Ronaldu, 90+3.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top