Kiçik narsalardan boşlang, vaqt ötişi bilan u öz mevasini beradi.

Amerikalik yozuvçi va tarixçi Uilyam Dyurant şunday degan edi: “Biz har kuni amalga oşiradigan işlarimiz natijasimiz. Bu holatda mohirlik – harakat emas, odat”. Bu nafaqat mohirlik, balki uning aksi uçun ham töğri. Qat'iylik – qat'iy odatlar natijasi. Demak odatlarni özgartirib, komillik darajasiga erişiş mumkin. Biroq ular muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Agar Ilon Maskning odatlarini kör-körona köçirib olsangiz, ikkinçi Ilon Maskka aylanmaysiz. Xulq-atvoringizni töliq özgartirişingiz kerak böladi.

Tadbirkor Darius Foro (Darius Foroux) öz blogida aynan sizga zarur bölgan odatlar ustida işlaş va ularga amal qiliş haqida gapirib berdi.

Foto: Pixabay

1. Sizga qanday odatlar kerak ekanligini hal eting

Biror foydali odat haqida eşitganimizda uni hayotimizda bölişini istaymiz. Biroq u haqiqatan kerakligi haqida öylab köring. Sizga tonggi soat beşda uyğoniş, yuguriş va xom sabzavotlar bilan ovqatlaniş zarurmi?

Balki erta turiş siz uçun foydali bölar. Yoki ertalabdan özingizni jahldor va vaysaqi his etib, kunni çippakka çiqararsiz? Şuning uçun bunday odat hayotingizni yaxşilaşi töğrisida öylab köring.

Bundan taşqari, özgarişlar uçun arzirli sabablar kerak. Masalan, haftasiga bittadan kitob öqişni istaysiz, biroq bu sizga nima uçun kerak? Bu sizga nima beradi? Qaysi maqsadingizga erişişda yordam beradi? Bu haqida öylab köring va siz istagan natijaga olib boradigan odatlarni tanlang.

Foto: Pixabay

2. Odatlar ustida navbatma-navbat işlang

Ba'zida hamma narsani birdaniga özgartiriş istagi paydo böladi. Siz köproq öqiş, samaraliroq işlaş, töğri ovqatlaniş, sport bilan şuğullanişga qaror qilasiz. Bu holatda iştiyoqni biroz kamaytiriş kerak. Agar köp odatlarni darhol özgartirişga kirişilsa, özingizga qöşimça zöriqiş yaratasiz.