25 yildan beri qamoq jazosini ötayotgan retsidivist Reduan Faid Fransiyadagi qamoqxonadan vertolyot yordamida qoçdi, deb yozadi Parisien gazetasi.

Manbaga köra, jinoyatçi yakşanba kuni ertalab Parij ostidagi Sen va Marna departamenti qamoqxonasidan qoçgan. Ma'lum bölişiça, qamoqxonadan qoçişda Faidga uç nafar qurollangan şerigi yordam bergan.
Voqea natijasida heç kim jabrlanmagan, Faid jazo ötayotgan joyini Belgiyada röyxatdan ötgan vertolyotda tark etgan. Keyinroq vertolyotni şahar çekkasida yongan holatda topişgan.
Beş yil avval ham Faid qamoqxonadan qoçişning uddasidan çiqqandi. Öşanda u qamoqxona devorini portlatib, muassasaning bir neça xodimini garovga olgan edi.











